Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Argentinalik olimlar Antarktidada turli ko‘katlarni yetishtirishni boshlaydi

Argentinalik olimlar Antarktidada turli ko‘katlarni yetishtirishni boshlaydi

Milliy agrotexnologik institut (INTA) va Patagonii milliy universiteti olimlari tomonidan Antarktida joylashgan Marambio stansiyasida turproqsiz sun’iy sharoitda turli ko‘katlarni yetishtirish uchun modul o‘rnatiladi.

Buning uchun olti metr bo‘lgan uzunlikdagi dengiz konteynerdan foydalaniladi.

“Hozirgi vaqtda biz rukola, salat, petrushka, rayhon va mangold (lavlagi o‘simligi) yetishtiramiz. Bundan tashqari, biz tadqiqotga kashnich o‘simligini ham qo‘shishni rejalashtirdik”, - deydi INTA mutaxassisi Xorxe Birgi.

Bu o‘simliklar bazada ishlaydigan olim va harbiylar ovqatlanishi uchun ishlatiladi.

Hozirgi vaqtda Argentina Antarktidada qator ilmiy tadqiqotlarni olib bormoqda.

Kiritildi: 20:15 19.07.2019. O'qildi: 1139 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!