Bugun 28 oktyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Argentinada prezident Xavyer Mileyning partiyasi parlament saylovlarida g‘alaba qozondi — BBC

Argentinada prezident Xavyer Mileyning partiyasi parlament saylovlarida g‘alaba qozondi — BBC

Mileyning “Ozodlik odimlaydi” (La Libertad Avanza) libertarian partiyasi Milliy Kongress (mamlakat parlamenti)ga o‘tkazilgan oraliq saylovlarda g‘alaba qozondi.

Ovozlarning deyarli 99 foizi hisoblab bo‘lingach, Miley partiyasi 40,7 foiz ovoz to‘plagan bo‘lsa, muxolifat alyansining ulushi 31,7 foizni tashkil etdi. Saylovchilar faolligi 68 foizga yetdi, bu 2021 yildagi oldingi oraliq saylovlardagi 71,8 foizdan pastroq ko‘rsatkichdir.

Bu natijalar “Ozodlik odimlaydi” partiyasi va uning ittifoqchilari parlamentning ikkala palatasidagi o‘rinlarning kamida uchdan birini qo‘lga kiritganini anglatadi. BBC News ma’lumotlariga ko‘ra, bu Senatdagi 24 o‘rindan 13 tasi va Deputatlar palatasidagi 127 o‘rindan 64 tasidir. Ushbu saylovlargacha Miley partiyasi Senatda yettita va Deputatlar palatasida 37 ta o‘ringa ega edi. Endi u Mileyga veto huquqini saqlab qolish va o‘z farmonlarini himoya qilish imkonini beruvchi muhim chegaradan o‘tdi, deya ta’kidlaydi The Wall Street Journal.

Miley partiyasining bu natijasi uning Kongressdagi mavqeini mustahkamlaydi va unga “hukumatining bir qator xatolaridan so‘ng chayqalgan” Argentina iqtisodiyotini tubdan qayta qurishni davom ettirish imkonini beradi, deb yozadi Financial Times.

Kiritildi: 17:38 27.10.2025. O'qildi: 205 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!