Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Argentinada inflyasiya 1991 yildan beri birinchi marta 100 foizdan oshdi

 Argentinada inflyasiya 1991 yildan beri birinchi marta 100 foizdan oshdi

Bu haqda Milliy statistika va aholini ro‘yxatga olish instituti (INDEC) ma’lumotlariga tayanib, The Financial Times xabar bermoqda.

Nashrning qayd etishicha, 2023 yilning fevral oyida Argentinada inflyasiya 6,6 foizga tezlashgan va 2023 yilning birinchi ikki oyidagi umumiy ko‘rsatkichlar mahsulot tannarxi 13,1 foizga oshganidan dalolat beradi.

"12 oy davomida Argentinada inflyasiya 102,5 foizga yetdi va 1991 yildagi 102,4 foiz darajasidan oshib ketdi", deb yozadi Ambito mahalliy gazetasi.

Kiritildi: 15:43 15.03.2023. O'qildi: 1433 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!