Bugun 14 mart, 2026 yil, shanba

КИР

Argentina terma jamoasi yulduzi «Real»ga o‘tishni orzu qilmoqda

Argentina terma jamoasi yulduzi «Real»ga o‘tishni orzu qilmoqda

Yarim himoyachi Enso Fernandes «Chelsi»ni yaxshi ko‘radi va klub muxlislaridan minnatdor. Shunga qaramay, argentinalik futbolchining joriy vaziyatdan hafsalasi tobora pir bo‘lmoqda. Fernandesning fikricha, o‘tgan yilgi Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatidagi g‘alabadan so‘ng «Chelsi» o‘sishga erishmadi, aksincha — regressga yuz tuta boshladi. Bu haqda The Touchline nashri xabar bermoqda.

Enso Fernandes sovrinlar yutishni istaydi. Agar yaqin vaqt ichida vaziyat yaxshilanmasa, xavbek yozda transfer imkoniyatlarini ko‘rib chiqadi. Enso uchun asosiy variant — «Real Madrid».

25 yoshli Enso Fernandesning qiymati Transfermarkt portali mutaxassislari tomonidan 90 million yevroga baholanmoqda.

Kiritildi: Bugun 19:59. O'qildi: 332 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!