Bugun 16 noyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Argentina terma jamoasi birgina o‘yindan 12 million dollar ishlab oldi

Argentina terma jamoasi birgina o‘yindan 12 million dollar ishlab oldi

Futbol bo‘yicha Argentina terma jamoasi 14 noyabr, juma kuni Angola terma jamoasiga qarshi safarda o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdi. Uchrashuvda Lautaro Martines va Lionel Messining gollari evaziga Lionel Skaloni shogirdlari 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuv Luanda shahrida bo‘lib o‘tdi va Angola mustaqilligining 50 yilligiga bag‘ishlandi. Mundo Deportivo jurnalistlarining xabar berishicha, "albiseleste"ning o‘yindagi ishtiroki uchun Argentina futbol assosiasiyasi 12 million dollar olgan.

Eslatib o‘tamiz, Argentina terma jamoasi amaldagi jahon chempioni hisoblanadi. 2022 yilgi mundial finalida Messi va uningi jamoasi penaltilar seriyasida Fransiyani mag‘lub etgandi.

Kiritildi: 16:32 15.11.2025. O'qildi: 413 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!