Argentina Markaziy banki tannarxi yuqoriligi bois 1000 ($0,98) va 2000 ($1,9) peso nominalli banknotlarni chiqarishni to‘xtatdi. Bu haqda Nacion nashri xabar berdi.
Markaziy bank milliy pul chop etish markazi bilan shartnomani bekor qildi, uning xodimlari majburiy ta’tilga chiqarildi. Gazeta yozishicha, mamlakatda muomaladagi 1000 va 2000 peso banknotlari yetarlicha, chop etish ancha serxarajat jarayon, shu sababli yangi pullarni chiqarish to‘xtatilgan.
Argentinaning yirikroq nominaldagi banknotlarga ehtiyojini Xitoy ta’minlaydi. Yil oxirigacha Xitoy 20 000 peso ($19,6) nominalli banknotlarni yetkazib beradi. Ularni Xitoyda chop etish Argentinaga o‘zida chiqarishga nisbatan ikki baravar arzon tushadi.