Bugun 24 aprel, 2025 yil, payshanba

КИР

Argentina parlamenti prezidentga oid mojaroni tekshirish uchun komissiya tashkil etdi

Argentina parlamenti prezidentga oid mojaroni tekshirish uchun komissiya tashkil etdi

Argentina parlamentining deputatlar palatasi mamlakat prezidenti Xavyer Miley tomonidan X ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qilingan $LIBRA kriptovalyutasi bilan bog‘liq janjalni tekshirish bo‘yicha komissiya tashkil etishni ma’qulladi.

TASS xabariga ko‘ra, deputatlar kongressga hukumat rahbari Gilyermo Frankos, iqtisodiyot vaziri Luis Kaputo, adliya vaziri Mariano Kuneo Libarona va qimmatli qog‘ozlar komissiyasi rahbari Roberto Silvani chaqirish taklifini qabul qilgan. Ular deputatlarning savollariga javob berdilar.

— Ovoz berish natijalariga ko‘ra, 128 nafar deputat “qo‘llab-quvvatladi”, 93 nafari “qarshi”, 7 nafari “betaraf” qoldi. Shu tariqa, deputatlar palatasi $LIBRA ishi bo‘yicha tergov komissiyasini tashkil etishni ma’qulladi, — deyiladi palataning X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

14 fevral kuni Miley o‘zining X ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida $LIBRA kriptovalyutasi yordamida Argentinadagi kichik biznesga sarmoya kiritishni rag‘batlantirishga qaratilgan loyiha haqidagi ma’lumotlarni joylashtirdi. Prezidentning bayonotidan so‘ng kriptovalyutaning qiymati 5 dollarga ko‘tarilgan, keyin esa 1 dollargacha tushib ketgan. Kriptovalyuta egalari narxlarning ko‘tarilishidan millionlab dollar foyda olishdi.

Bu e’londan so‘ng muxolifat prezidentni turli jinoyatlarda aybladi: pul yuvish va beparvolik, davlat xizmatchisiga to‘g‘ri kelmaydigan faoliyat bilan shug‘ullanish. Endilikda Argentina prokuraturasi ushbu ish bo‘yicha tergov boshladi.

Kiritildi: 13:22 09.04.2025. O'qildi: 994 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!