Argentina terma jamoasida Lionel Messining xayrlashuv o‘yiniga qadar hech bir futbolchi 10-raqamli futbolkada maydonga tushmasligi tasdiqlandi.
Eslatib o‘tamiz, Messi milliy jamoadagi so‘nggi o‘yinini 6 oktyabr kuni Beninga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida o‘tkazadi.
Avvalroq Messi 2026 yilgi Jahon chempionatidan keyin terma jamoadagi faoliyatini yakunlash qarorini e’lon qilgan edi.
Sakkiz karra "Oltin to‘p" sohibi Argentina terma jamoasi bilan Jahon chempioni bo‘lgan, ikki marta Jahon chempionati kumush medalini qo‘lga kiritgan va ikki bor Amerika kubogida g‘olib chiqqan.
Messi Argentina terma jamoasi safida jami 207 ta uchrashuv o‘tkazib, 125 ta gol urgan.