Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu o‘z rejalarini ilgari surish uchun AQShni yana mojaroga tortmoqchi.
Bu haqda Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Arag‘chi Britaniyaning The Guardian gazetasiga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Uning ta’kidlashicha, AQSh prezidenti Donald Tramp hech qachon Eronni mag‘lub eta olmaydi, lekin har ikki tomon ham haqiqiy muzokaralar orqali g‘alaba qozonishi mumkin.
"Amerika fuqarolarining ko‘pchiligi Isroil ittifoqchi emas, balki qo‘shimcha yuk ekanligini tan oladi", - dedi Aragchi.
Uning ta’kidlashicha, 12 kunlik urush davomida barcha Isroil fuqarolari Eron kuchini his qilgan.