Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu Eronning parchalanishiga intilmoqda.
Bu haqda Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Arag‘chi bayonot berdi.
"Netanyaxu Isroil hali Erondagi missiyasini yakunlamaganini va uning asosiy maqsadi Islom Respublikasini yo‘q qilish ekanligini aytdi", deb ta’kidladi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, aynan shuning uchun Netanyaxu AQSh prezidenti Donald Trampni Eronga qarshi harbiy operasiya boshlashga undagan. Biroq, vazirning ta’kidlashicha, Tehron o‘z suverenitetini saqlab qolgan holda o‘z mavqeini himoya qilishga muvaffaq bo‘lmoqda:
"Dushman (AQSh) so‘zsiz taslim bo‘lishni talab qilishdan boshladi, ammo oxir-oqibat Eron bilan (o‘zaro anglashuv) memorandum imzoladi. Boshqacha aytganda, Eron AQShga qarshi o‘z mavqeini himoya qildi va bu mamlakatni Islom Respublikasi suverenitetini hurmat qilishga majbur qildi", deb ta’kidladi Arag‘chi.