Bugun 16 dekabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Arab mamlakatlarida xalq qo‘zg‘olonlaridan qo‘rqishadi

Arab mamlakatlarida xalq qo‘zg‘olonlaridan qo‘rqishadi

Misr, Iordaniya, Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklari hukumatlari Bashar Asadning ag‘darilishi munosabati bilan o‘z mamlakatlarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tartibsizliklardan xavotirda, deb yozadi The Washington Post tahlilchilar, amaldorlar va diplomatlar bilan suhbatda.

WP ehtimoliy tartibsizliklardan qo‘rqish ayniqsa Misrda yuqori ekanligini yozadi. Avvalroq prezident Abdulfattoh as-Sisi "Musulmon birodarlar" harakatini yo‘q qilish uchun unga qarshi "keng ko‘lamli qatag‘onlar" o‘tkazgan edi. "Biroq, deb yozadi gazeta, mintaqa aholisining bir qismi hali ham harakatga "jimgina xayrixohlik bildirmoqda".

Arab davlatlari hukumatlari Suriyaning Arab davlatlari ligasiga qaytishi va boshqa reintegratsiyalar bilan Bashar Asad ichki islohotlarni amalga oshirishiga va Suriya bilan Eron o‘rtasidagi aloqalar zaiflashishiga umid qilishgan. "Bashar har qalay hafsalamizni pir qildi. U bergan va’dalarining birortasini ham bajarmadi," - dedi Saudiya Arabistoni biznesmeni, qirol oilasi bilan yaqin aloqada bo‘lgan Ali Shihabiy.

Nashrning qayd etishicha, Bashar Asad Suriyadan qochib ketganida, arab davlatlari ehtiyotkorlik ko‘rsatib, ommaviy bayonotlarda suriyaliklarni hokimiyat tranziti inklyuzivligini ta’minlashga va davlat institutlarini saqlab qolishga chaqirgan. Qo‘zg‘olonchilar vakillari yetti arab davlatining elchilari bilan uchrashib, diplomatik vakolatxonalar xavf-xatardan xoli ekanligiga ishontirishdi.

Kiritildi: 22:00 15.12.2024. O'qildi: 406 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!