Arab davlatlari Isroil siyosatchilarining bosib olingan G‘arbiy Sohilni anneksiya qilish chaqiriqlarini keskin qoraladi. Ularning fikriga ko‘ra, bunday harakatlar xalqaro huquqni buzadi va mintaqada barqarorlikka jiddiy tahdid soladi.
Falastin rasmiy vakili Nobil Abu Rudayna bunday chaqiriqlar «hududni vulqon otilishining qirrasida ushlab turishini» ta’kidladi. U Isroil vazirlarining bayonotlari xalqaro normalarga zid ekanligini va Falastin masalasini yo‘q qilish strategiyasining bir qismi ekanligini qayd etdi.
Saudiya Arabistoni adliya vaziri Yariv Levinning so‘zlarini qoralab, yahudiy posyolka qurilishi bo‘yicha o‘z pozisiyasini eslatdi va xalqaro hamjamiyatni Isroilga xalqaro huquq qoidalariga rioya qilish uchun bosim o‘tkazishga chaqirdi.
Qatar Tashqi ishlar vazirligi Levinning bayonotlarini «posyolka, mustamlaka va irqchilik siyosatining namoyishi» deb atadi. Doha shuningdek, bunday bayonotlar xalqaro huquqni qo‘pol buzayaptiganini ta’kidladi va anneksiya rejalari oldini olish uchun jahon darajasida harakatlarni birlashtirishni talab qildi.
Quvayt ham qattiq tanqid bildirib, BMT Xavfsizlik Kengashini mintaqada xalqaro qonun ustuvorligini va xavfsizlikni ta’minlash uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga chaqirdi.
Oldinroq Misr va Iordaniya ham shunga o‘xshash bayonotlar bilan chiqish qilgan edi.
Isroil hukmron koalisiyasi a’zolari tomonidan anneksiya chaqiriqlari ilgari surilmoqda. “Likud” partiyasi barcha vazirlari Binyamin Netanyaxuga G‘arbiy Sohilni oy oxirigacha — parlament yozgi ta’tilga ketishidan oldin anneksiya qilish talabi bilan maktub yubordi. Maktubda «tarixiy yutuqlardan keyin qat’iy harakatlar qilish vaqti keldi» deyiladi.
Adliya vaziri Yariv Levin ham «anneksiya vaqti keldi» deb e’lon qilib, bu «tarixiy imkoniyatni boy bermaslik kerakligini» ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi vaziyat — noyob imkoniyat bo‘lib, uni inkor etib bo‘lmaydi.