Amerikalik ekspert Solana Segal-Morer barchani jiddiy ogohlantirib, har kuni qaynoq suv, sovun, turli gellar yordamida tanani yuvishdan tiyilishni maslahat beradi. Bu dush qabul qilish bilan bog‘liq amal desa ham xato bo‘lmaydi.
— Qaynoq suv, sovun va boshqa turdagi tanani tozalashga yo‘nalgan mahsulotlar, — deydi ekspert, — tanamizdagi zaxira yog‘larni, foydali bakteriyalarni yo‘q qiladi. Ular qaynoq suv va tozalash vositalari ta’sirida yuvilib ketadi. Oqibatda tana ojizlasha boradi. Bu esa organizmga ko‘plab xastalik chaqiruvchi mikroorganizmlar joylashib olishiga imkon yaratadi. Shunday ekan, insonlar iloji boricha kamroq dush qabul qilsalar, maqsadga muvofiq bo‘lardi.
“newsyou.info”