Kecha Aqto‘beda erta tongda o‘ta og‘ir jinoyatni sodir etganlikda gumon qilinayotgan 1973 yilda tug‘ilgan M.Aytkaliyev hibsdan qochib ketgani haqida ma’lumot tarqaldi.
Huquq-tartibot idorasining "Sputnik Qozog‘iston"ga ma’lum qilishicha, erkak hozircha qo‘lga olinmagan. Biroq polisiya uning qanday jinoyatda gumon qilinayotgani, shuningdek, uning qanday qochib ketgani haqida ma’lumot bermadi.
Gumonlanuvchi tibbiy yordam ko‘rsatish uchun tergov izolyatoridan tez tibbiy yordam shifoxonasiga o‘tkazilgandi. Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, u muolaja paytida, ya’ni qo‘lidagi tomchi va dori solingan idish bilan birga qochgan. Shuningdek, uning tanasida pichoq bilan jarohatlangan bir nechta chandiqlar bo‘lishi mumkin.