Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

AQShning yangi prezidenti Jo Baydenning jinoyatlari yuzaga chiqa boshladi(mi?)

AQShning yangi prezidenti Jo Baydenning jinoyatlari yuzaga chiqa boshladi(mi?)

AQSh Kongress a’zosi Marjori Teylor Grin Vakillar palatasida korrupsiyada ayblab, prezident Jo Baydenga impichment e’lon qilishni taklif qildi. Bu haqda The Hill yozmoqda.

“Prezident Jo Bayden prezidentlikka munosib emas. U prezident Obamaning vise-prezidenti sifatida ishlagan vaqtida o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilgan. Prezident Bayden o‘g‘li Xanterni qo‘llab-quvvatlash va oilasining cho‘ntaklarini xorijiy energetika kompaniyalarining noqonuniy pullari bilan to‘ldirish uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni bajarishini isbotlagan», – deyiladi Grinning bayonotida.

Ma’lumot uchun, Bayden Ukrainaga nisbatan o‘g‘lining biznes manfaatlarini inobatga olgan holda har qanday siyosiy qarorlarni qabul qilishni rad etgandi. O‘tgan yilning sentyabr oyida e’lon qilingan hisobotda Xanter Baydenning Ukrainaning "Burisma" kompaniyasidagi faoliyati AQSh tashqi siyosatiga ta’sir ko‘rsatgani isbotlanmadi.

2020 yil may oyida Ukraina Oliy Radasining fraksion bo‘lmagan deputati Andriy Derkach Ukrainaning sobiq prezidenti Pyotr Poroshenko, Bayden va AQShning sobiq davlat kotibi Jon Kerrining ovozi yozilgan telefon suhbatlarining parchalarini e’lon qildi. Xususan, yozuvda Bayden Poroshenkoga Baydenning o‘g‘li Xanter ishlagan "Burisma" kompaniyasiga rahbarlik qilgan Bosh prokuror Viktor Shokinni 1 milliard dollar evaziga lavozimidan ozod etishni tavsiya qiladi. Ammo Poroshenko bu audioyozuvlarni soxta deb atadi.

Iyun oyida Derkach Poroshenko va Bayden o‘rtasidagi telefon suhbatlari audioyozuvlarining ikkinchi qismini e’lon qildi. Suhbat davomida siyosatchilar Ukrainaning ichki siyosatini muhokama qildilar. Poroshenko yozuvlarni "to‘qima" deb hisobladi va buni "Kiyev hamda Vashington o‘rtasidagi strategik sheriklikni buzishga urinish" deb atadi.

Iyul oyi boshida Poroshenko va Bayden o‘rtasidagi suhbatning yana bir qismi e’lon qilindi, unda Ukraina maxsus xizmatlarining Qrimdagi sabotaji bilan bog‘liq. Sentyabr oyida e’lon qilingan "zapis"da esa Donald Trampning prezidentligi bilan bog‘liq masalalar muhokama qilingan.

Kiritildi: 16:26 22.01.2021. O'qildi: 6822 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!