Kaliforniya gubernatori Gevin Nyusom shtatda maymunchechak kasalligi tarqalishi munosabati bilan favqulodda holat e’lon qildi, deb xabar bermoqda Associated Press.
“Biz federal hukumat bilan ko‘proq vaksinalar yetkazib berish, xavfni kamaytirish bo‘yicha xabardorlikni oshirish bo‘yicha ishlashda davom etamiz”, — deya Nyusom so‘zlarini keltirgan agentlik.
Favqulodda holat e’lon qilish shtatga umummilliy chora-tadbirlarni muvofiqlashtirishga, ko‘proq vaksinalarni topishga va odamlarni qayerdan davolanish va vaksina olish mumkinligi haqida ma’lumot berishga yordam beradi, dedi u.
Qayd etilishicha, Kaliforniya 61 ming dozadan ortiq vaksina olgan va 25 mingdan ortiq dozani aholiga tarqatgan.