AQShning Yaman poytaxti Sana shahriga uyushtirgan zarbalari oqibatida "Ansor Alloh" harakatining hutiy isyonchilari nazorati ostidagi va mamlakatning boshqa hududlarida kamida 31 nafar tinch aholi vakili halok bo‘ldi, 100 dan ortiq kishi yaralandi.
Bu haqda isyonchilar sog‘liqni saqlash vazirligi vakili Anis al-Asbaxiy X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qilgan.
"Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Amerikaning Sana, Saada, Al-Bayda viloyatlari va Rada shahrining tinch aholi va turar-joy hududlariga qaratilgan tajovuzi natijasida 31 kishi halok bo‘ldi, yana 101 kishi yaralandi”, — deb yozdi u.
Avvalroq 13 kishi halok bo‘lgani xabar qilingandi.
Eslatib o‘tamiz, AQSh prezidenti Donald Tramp AQSh Qurolli kuchlariga Yamandagi husiylarga qarshi harbiy harakatlar boshlashni buyurgan edi. Uning ta’kidlashicha, harbiylar "hozirda" terrorchilar bazalari, ularning yetakchilari va raketaga qarshi mudofaa tizimlariga havo hujumlarini amalga oshirmoqda.