AQShning Ukrainaga qurol-yarog‘ yetkazib berishi mamlakat harbiy zaxiralarining sezilarli darajada qisqarishiga olib keldi. Bu haqda Military Watch Magazine nashri xabar berdi.
Nashrga ko‘ra, Ukraina Qurolli kuchlarini qo‘llab-quvvatlash AQShda mavjud zaxiralarni jiddiy ravishda kamaytirgan. Shu bilan birga, yordam hajmi ham keskin pasaygan.
Agar avval Ukrainaga ajratilayotgan yordam o‘nlab milliard dollar bilan hisoblangan bo‘lsa, hozir bu ko‘rsatkich yuzlab million dollar atrofida qolmoqda. Xususan, 2025 yilning dastlabki o‘n oyida AQSh Ukrainaga taxminan 580 million dollar yordam ko‘rsatgan. Bu 2024 yilning shu davrida ajratilgan 45,7 milliard dollarga nisbatan o‘nlab barobar kam.