Keyt Kellogg AQShning Ukraina va Rossiya bo‘yicha maxsus vakili etib tayinlanadi.
Kelloggning ushbu lavozimga tayinlanishini Donald Trampning o‘zi e’lon qildi. Keyt Kellogg Trampning birinchi prezidentlik muddati davomida allaqachon AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi vazifasida faoliyat yuritgan.
Iste’fodagi general iyun oyida taqdim etilgan Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushini tugatish rejasi mualliflaridan biri. Ushbu rejaga ko‘ra, Kiyev Moskva bilan muzokaralarni boshlasa, Vashingtondan ko‘proq qurol olishi mumkin. Rossiya muzokaralardan bosh tortgan taqdirda, AQSh tomonidan Ukrainani qo‘llab-quvvatlash kuchaytirilishi haqida ogohlantiriladi.
Bundan tashqari, Rossiyaning muzokaralarda ishtirok etishini rag‘batlantiruvchi omillardan biri Oq uy tomonidan Ukrainaning NATO'ga a’zoligini uzoq muddatga kechiktirish haqidagi ehtimoliy va’dasi bo‘lishi mumkin.