Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

AQShning Toshkentdagi elchixonasi viza to‘lov narxlari oshishini ma’lum qildi

AQShning Toshkentdagi elchixonasi viza to‘lov narxlari oshishini ma’lum qildi

AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi viza uchun ma’muriy to‘lov miqdori o‘zgarishi 2023 yil 30 may kunidan emas, 2023 yil 17 iyundan e’tiboran kuchga kirishini ma’lum qildi.

➖AQSh turistik viza toifasiga hamda petisiya talab etmaydigan noimmigrasion viza turlariga murojaat etuvchilar uchun ma’muriy to‘lov miqdori 160 AQSh dollaridan 185 AQSh dollariga ko‘tariladi.

➖Petisiya asosida bo‘lgan (H, L, O, P, Q va R) viza toifalariga murojaat etuvchilar uchun ma’muriy to‘lov miqdori 190 AQSh dollaridan 205 AQSh dollariga ko‘tariladi.

Vizaga murojaat etish bo‘yicha batafsil ma’lumotga rasmiy uz.usembassy.gov/visa va travel.state.gov/visas veb-sahifalari orqali ega bo‘lishingiz mumkin.

Kiritildi: 22:40 31.05.2023. O'qildi: 2125 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!