Bugun 11 iyul, 2025 yil, juma

КИР

AQShning sakkiz senatori Pentagondan Ukrainaga F-16 samolyotlarini yuborishni talab qildi

A A A
AQShning sakkiz senatori Pentagondan Ukrainaga F-16 samolyotlarini yuborishni talab qildi

Sakkiz nafar senator Pentagon rahbari Lloyd Ostindan Ukrainaga F-16 qiruvchi samolyotlarini jo‘natish uchun nima zarurligi haqida batafsil ma’lumot berishni talab qilmoqda, deb xabar berdi Politico.

“O‘tgan oy Myunxen Xavfsizlik konferensiyasida Ukrainani qo‘llab-quvvatlashga harakat qilayotgan AQSH, Ukraina va xorijiy yetakchilar bilan bo‘lib o‘tgan suhbatlardan so‘ng, biz AQSh Ukrainaga F-16 samolyotlarini yetkazib berish masalasini diqqat bilan ko‘rib chiqishi kerak, deb hisoblaymiz”, — deyiladi hujjatda.

Qayd etilishicha, bu “imkoniyat jang maydonidagi o‘yin qoidalarini o‘zgartirishga qodir”.

Maqolada aytilishicha, maktub har ikki partiya senatorlari tomonidan imzolangan.

Kiritildi: 13:43 15.03.2023. O'qildi: 2871 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!