Bugun 28 mart, 2024 yil, payshanba

КИР

AQShning Rossiya va Germaniyaga nisbatan rejasi oshkor qilindi

AQShning Rossiya va Germaniyaga nisbatan rejasi oshkor qilindi

AQSh Rossiya va Germaniyani urushtirib qo‘yish uchun Germaniyani Ukrainaga "Leopard" tanklarini yuborishga ko‘ndirdi. Bu haqda “Gray Zone” sharhlovchisi Aaron Mate yozmoqda.

“Germaniya jamoatchiligi fikriga zid ravishda va keskinlashuv xavfi oshishga e’tibor bermay, Vashington Berlinni Ukrainaga "Leopard" tanklarini yuborishga ko‘ndirdi. Bu "Stratfor" asoschisi Jorj Fridman 2015 yilda AQShning “azaliy manfaati” deb atagan narsaning g‘alabasi: “Germaniya va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlarning uzilishi”, - deydi u.

Bir necha oydan buyon Ukraina G‘arbdan hujum harakatlari uchun zirhli texnikalar berishni talab qilmoqda. O‘z navbatida, Moskva G‘arb qurollarini yetkazib berish faqat mojaroni uzaytirishini bir necha bor ta’kidlagan.

Kiritildi: 16:40 25.01.2023. O'qildi: 5957 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!