Bugun 11 oktyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

AQShning Pensilvaniya shtatidagi otishmada to‘qqiz kishi halok bo‘ldi

AQShning Pensilvaniya shtatidagi otishmada to‘qqiz kishi halok bo‘ldi

AQShning Pensilvaniya shtatidagi Eri shahrida 10 oktyabr kechasi xususiy uyda sodir bo‘lgan otishma oqibatida to‘qqiz kishi halok bo‘ldi. Bu haqda polisiya ma’lumotlariga tayangan holda CBS telekanali xabar berdi.

Hodisa joyiga yetib kelgan huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari bir nechta marhumning jasadini topgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, gumonlanuvchi otishmadan keyin o‘z joniga qasd qilgan.

Ayni paytda huquqni muhofaza qiluvchi organlar fojia sabablari va holatlarini aniqlash bo‘yicha tergov olib bormoqda.

Shahar polisiyasi rahbari Rik Lora hodisani «juda tashvishli» deb atagan.

Kiritildi: 18:14 10.10.2026. O'qildi: 825 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!