Bugun 1 may, 2026 yil, juma

КИР

AQShning neft zaxiralari rekord darajada kamaydi

AQShning neft zaxiralari rekord darajada kamaydi

Bloomberg agentligining xabar berishicha, o‘tgan hafta davomida Qo‘shma Shtatlarning strategik neft zaxirasi (SPR) 7,12 mln barrelga qisqardi. Bu 2022 yilning oktyabridan buyon kuzatilgan eng yirik haftalik pasayish hisoblanadi.

Zaxiralarning kamayishi ketma-ket besh haftadan beri davom etmoqda. Ushbu davr mobaynida SPR hajmi 17 mln barrelga kamayib, jami 398 mln barrelni tashkil etdi. Bu 2025 yilning aprelidan beri qayd etilgan eng past ko‘rsatkichdir.

Shu bilan birga, tijorat maqsadidagi xomashyo zaxiralari ham 6,23 mln barrelga kamaygan. Benzin va distillyatlar hajmida ham keskin pasayish kuzatilib, benzin zaxiralari 2014 yildan buyon eng minimal mavsumiy darajaga tushib qoldi.

Mutaxassislarning fikricha, bu holat Yaqin Sharqdan yetkazib beriladigan neft hajmi kamaygani sababli xorijiy xaridorlarning AQSh eksportiga bo‘lgan talabi ortgani bilan izohlanmoqda.

Kiritildi: Bugun 15:40. O'qildi: 394 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!