AQShning tijorat xom neft zaxiralari hafta davomida 4,5 million barrelga kamayib, 28 avgust holatiga ko‘ra 424,5 million barrelga yetdi.
Bu haqda AQSh Energetika vazirligi xabar berdi.
Joriy zaxira darajasi yilning shu davridagi besh yillik o‘rtacha ko‘rsatkichdan 1% yuqori.
Toshkent vaqti bilan soat 00:40 holatiga ko‘ra, Londonning ICE birjasida 2026 yil noyabr oyida yetkazib beriladigan Brent xom neft fyucherslari narxi 0,76% ga o‘sib, bir barrel uchun 95,37 dollarni tashkil etdi, oktyabr oyidagi WTI xom neft fyucherslari narxi esa 0,6% ga o‘sib, bir barrel uchun 90,76 dollarni tashkil etdi.