AQShning Florida va Alabama shtatlarida ikkinchi toifali «Isayas» dovuli tufayli favqulodda holat e’lon qilindi. Bu haqda AQSh Ichki xavfsizlik vaziri Markveyn Mallin ma’lum qildi.
Avvalroq AQSh Milliy dovullar markazi dovul Florida shtatiga yetib kelganini xabar qilgan edi. Ma’lumotlarga ko‘ra, shamolning maksimal tezligi soatiga 169 kilometrga yetgan.
Prognozlarga ko‘ra, 9 yoki 10 oktyabr kechasi dovul yanada kuchayib, Meksika ko‘rfazi sohillariga yetib borishi mumkin.
Dovul oqibatlarini bartaraf etish uchun federal resurslarni jalb qilish AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan ma’qullangan.