Uning saylov okrugi hududida Donald Trampning Mar-a-Lago rezidensiyasi joylashgan.
Hill nashri saylov uchastkalaridan olingan ma’lumotlarga tayanib xabar berishicha, Gregori 51 foiz ovoz to‘plagan. Uning raqibi — prezident qo‘llab-quvvatlagan respublikachi Jon Meyplz esa 49 foiz ovoz olgan.
Florida Demokratlar partiyasi raisi Nikki Frid bu natijani izohlar ekan, demokratlar hatto Trampning «orqa hovlisi»da ham g‘alaba qozonishi mumkinligini ta’kidladi. Bu haqda NBC telekanali xabar berdi.
Avvalroq AQSh Demokratlar partiyasi Virjiniya va Nyu-Djersi shtatlarida gubernatorlik saylovlarida, shuningdek Nyu-York shahri meri saylovida ham bir qator elektoral yutuqlarga erishgan edi.