Bugun 11 may, 2026 yil, dushanba

КИР

AQShning Eronga qarshi urushiga sarflangan mablag‘i 77 milliard dollardan oshdi

AQShning Eronga qarshi urushiga sarflangan mablag‘i 77 milliard dollardan oshdi

Bu haqda Iran War Cost Tracker portali xaba bermoqda.

Ushbu portal ma’lumotlarni real vaqt rejimida yangilab boradi hamda shaxsiy tarkib va mintaqaga tashlangan kemalarni ta’minlash, shuningdek, boshqa turdagi xarajatlarni qoplash uchun zarur bo‘lgan mablag‘larni hisoblab boradi.

"Operasiyaning 71-kunida xarajatlar 77 milliarddan oshdi," - deyiladi xabarda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, operasiya Qo‘shma Shtatlarga soniyasiga 11,5 ming dollarga tushadi.

Shu bilan birga, aprel oyida Pentagon AQShning Eron bilan mojaro uchun xarajatlari taxminan 25 milliard dollarni tashkil etganini ma’lum qildi.

Hisob-kitob metodikasi Pentagonning Kongressga taqdim etgan hisobotiga asoslangan bo‘lib, unda dastlabki olti kun 11,3 milliard dollarga tushgani va kelgusidagi xarajatlar kuniga bir milliard dollarni tashkil etishi aytilgan edi.

Kiritildi: Bugun 13:50. O'qildi: 208 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!