Iran War Cost Tracker portali norasmiy hisob-kitoblariga ko‘ra, AQShning Eronga qarshi harbiy amaliyoti xarajatlari 30 milliard dollardan oshib ketgan.
Manba ma’lumotlarni real vaqt rejimida yangilab boradi va hisob-kitoblarda shaxsiy tarkibni ta’minlash, mintaqaga yuborilgan harbiy kemalar hamda boshqa qo‘shimcha xarajatlar inobatga olinadi.
Hisoblash metodikasi Pentagonning Kongressga taqdim etgan hisobotiga asoslangan. Unga ko‘ra, amaliyotning ilk olti kuni 11,3 milliard dollarga tushgan, keyingi bosqichda esa kunlik xarajatlar taxminan 1 milliard dollarni tashkil etmoqda.
Ma’lumot uchun, «Epik g‘azab» operasiyasi boshlanganiga 24 kundan oshdi.