Bugun 3 mart, 2026 yil, seshanba

КИР

AQShning Eronga qarshi amaliyot Iroq va Afg‘oniston ssenariysiga o‘xshashmi?

AQShning Eronga qarshi amaliyot Iroq va Afg‘oniston ssenariysiga o‘xshashmi?

AQShning Eronga qarshi amaliyot Iroq va Afg‘oniston ssenariysi emas, dedi Jey Di Vens

AQSh rasmiysi Jey Di Vensning aytishicha, Amerika tomonidan Eronga qarshi amalga oshirilayotgan operasiya Afg‘oniston yoki Iroqqa kirish kabi uzoq yillik urushga aylanmaydi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, prezident Donald Tramp operasiyaning aniq maqsadlarini belgilab olgan.

“Bu holat Iroq va Afg‘onistondan farq qiladi. Prezident nimani ko‘zlayotganini aniq belgilagan. Men mojaro boshlanishidan oldin ham aytganman va yana takrorlayman: Donald Tramp mamlakatni oxiri noma’lum, aniq maqsadsiz ko‘p yillik urushga tortilishiga yo‘l qo‘ymaydi”, — dedi Vens Fox News telekanali efirida.

Kiritildi: Bugun 12:15. O'qildi: 692 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!