AQSh ma’muriyati hali ham Eron bilan urushni qanday tugatishni bilmayapti, dedi Senat ozchiliklar yetakchisi Chak Shumer.
Bu haqda AQSh Senatori ijtimoiy tarmoq sahifasida yozdi.
Shumerning so‘zlariga ko‘ra, urush boshlanganidan olti oy o‘tgach, eronliklar Hormuz bo‘g‘ozini to‘sishda davom etmoqda, benzin narxi rekord darajaga yetdi va 18 nafar AQSh harbiy xizmatchisi halok bo‘ldi.
"Tramp hali ham u boshlagan bu halokatli urushni tugatish strategiyasiga ega emas", dedi senator.
U shuningdek, Eron bilan urush butun dunyo bo‘ylab beqarorlikka olib kelganini ta’kidladi.
O‘z navbatida, Vakillar palatasi ozchiliklar yetakchisi Hakim Jeffris Eron bilan urushni beparvolik deb atadi va AQSh urush vaziri Pit Xegsetni ishdan bo‘shatishni talab qildi.
"Urush tugashi kerak va soliq to‘lovchilarning pullari hayotni yanada arzonroq qilishga sarflanishi kerak", dedi Jeffris.