"Kongressning Vakillar palatasidagi demokratlar Ukrainaga yordamni kuchaytirishga qaratilgan va Rossiyaga nisbatan yangi qattiq sanksiyalar joriy etilishini nazarda tutuvchi qonun loyihasini tayyorladi", deya xabar bermoqda agentlik manbalariga tayanib.
Reuters'ning qayd etishicha, bu harakat Tramp ma’muriyatiga bosim o‘tkazishga qaratilgan navbatdagi urinish bo‘lib, demokratlar Kiyevga ko‘rsatilayotgan yordamni davom ettirishni talab qilmoqda. Mazkur qonun loyihasi Kongress Vakillar palatasi Tashqi ishlar qo‘mitasidagi yetakchi demokrat Greg Miks tomonidan taqdim etildi.
"Hujjat uch qismga bo‘lingan. Birinchi qismda Ukrainani tiklash bo‘yicha yordam choralari, jumladan, mamlakatni tiklashni muvofiqlashtiruvchi maxsus koordinator lavozimini yaratish nazarda tutilgan. Ikkinchi qismda Ukraina xavfsizligini ta’minlashga yordam ko‘rsatish, jumladan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri kreditlar va harbiy moliyalashtirish ko‘zda tutilgan. Qonun loyihasining uchinchi qism esa qattiq sanksiyalar va eksport nazorati choralarini, jumladan, moliyaviy muassasalar, neft-gaz va kon sanoati hamda Rossiya amaldorlariga nisbatan choralarni o‘z ichiga oladi", deb yozmoqda nashr.