Bugun 14 mart, 2025 yil, juma

КИР

AQShning BMTdagi elchisiga nomzod mamlakatning JSSTdan chiqishini qo‘llab-quvvatladi

AQShning BMTdagi elchisiga nomzod mamlakatning JSSTdan chiqishini qo‘llab-quvvatladi

AQShning BMTdagi elchisi nomzodi Eliz Stefanik prezident Donald Trampning mamlakatni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) tarkibidan chiqarish qarorini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

U bu haqda u Senatning tashqi aloqalar qo‘mitasidagi tinglovda ma’lum qilgan.

"Men prezident Trampning qarorini qo‘llab-quvvatlayman... JSST global sahnada COVID pandemiyasiga qarshi kurashda muvaffaqiyatsizlikka uchradi va buning o‘rniga Xitoy Kommunistik partiyasi tomonidan "nafaqat yolg‘on, balki xavfli va halokatli ma’lumotlar keltirildi" deb o‘ylayman", - dedi Stefanik.

U, shuningdek, Amerika Qo‘shma Shtatlari sog‘liqni saqlash sohasida jahon yetakchisi ekanligi va bu maqomni saqlab qolishi kerakligiga ishonch bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, 2025 yilning 20 yanvarida Tramp ikkinchi muddatga prezidentlik lavozimiga kirishgach, Qo‘shma Shtatlarni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tarkibidan chiqarish to‘g‘risidagi farmonni imzolagan edi.

Kiritildi: 23:34 21.01.2025. O'qildi: 653 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!