Qo‘shma Shtatlar prezident Jo Bayden ma’muriyatini Isroil milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir va moliya vaziri Bezalel Smotrichga qarshi sanksiyalar joriy etishga chaqirmoqda.
Oktyabr oyi oxirida 80 dan ortiq qonunchilar AQSh prezidenti Jo Baydenga maktub yo‘llab, uni isroillik ko‘chmanchilar tomonidan bosib olingan G‘arbiy Sohilda falastinliklarga nisbatan zo‘ravonliklarni «rag‘batlantirgani» uchun ikki isroillik vazirga qarshi sanksiyalar joriy etishga chaqirdi. Bu haqda Axios portali xabar berdi.
Qonunchilar, shuningdek, bir necha yil avval Smotrich asos solgan «Regavim» nodavlat tashkilotiga qarshi sanksiyalar qo‘llashga chaqirdi. Ularning ta’kidlashicha, tashkilot falastinliklarning G‘arbiy Sohildagi yerlaridan majburan ko‘chirilishiga olib kelgan harakatlarda ishtirok etgan.
Avvalroq AQSh bir necha isroillik tashkilotlarga qarshi ekstremistik ko‘chmanchilarning falastinliklarga nisbatan zo‘ravonliklarini qo‘llab-quvvatlagani uchun sanksiyalar kiritgan, biroq Isroil Milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben Gvir va Moliya vaziri Bezalel Smotrixga qarshi chora ko‘rishdan o‘zini tiygan.
AQSh rasmiylarining aytishicha, Bayden va Davlat kotibi Entoni Blinken shu paytgacha o‘z maslahatchilarining vazirlarga nisbatan sanksiyalar qo‘llash bo‘yicha tavsiyalariga qarshilik ko‘rsatishgan.