AQShlik mashhur kinorejissyor Rob Rayner va uning turmush o‘rtog‘i Mishel Rayner Los-Anjelesdagi o‘z uyida o‘lik holda topildi.
Los-Anjeles yong‘in xizmati ma’lum qilishicha, favqulodda xizmatlar chaqiruv asosida Raynerlar uyiga yetib borgan va u yerda 78 yoshli erkak hamda 68 yoshli ayol jasadini aniqlagan.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari Associated Press agentligiga halok bo‘lganlar Rob Rayner va uning rafiqasi Mishel ekanini tasdiqlagan.
Polisiya ma’lumotiga ko‘ra, juftlikka hayotga mos kelmaydigan pichoq yaralari yetkazilgan. Tergov doirasida oila a’zolaridan biri so‘roq qilingan. Hodisa qasddan qotillik sifatida ko‘rib chiqilmoqda.