Bugun 30 aprel, 2025 yil, chorshanba

КИР

AQShdan deportasiya qilinayotgan o‘zbekistonliklar Nyu-York–Toshkent yo‘nalishi orqali vatanga qaytariladi

AQShdan deportasiya qilinayotgan o‘zbekistonliklar Nyu-York–Toshkent yo‘nalishi orqali vatanga qaytariladi

AQShdan deportasiya qilinayotgan o‘zbekistonliklar Nyu-York–Toshkent yo‘nalishi orqali vatanga qaytariladi.

Bu haqda TIV matbuot kotibi Ahror Burhonov ma’lum qildi.

Uning “Dunyo” axborot agentligiga ma’lum qilishicha, O‘zbekistonning Vashingtondagi elchixonasi va Nyu-Yorkdagi Bosh konsulxonasi fuqarolarning xavfsiz deportasiyasini ta’minlash uchun AQSh huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlik qilib kelmoqda.

“Kelishuvga muvofiq, AQSh deportasiya qilinadigan fuqarolar haqida zudlik bilan xabar beradi. Ular Nyu-York–Toshkent yo‘nalishi orqali vatanga qaytadi”, — deydi Ahror Burhonov.

Kiritildi: 10:35 21.02.2025. O'qildi: 1134 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!