Manhetten sudi 34 yoshli o‘zbekistonlik Sayfullo Saipovni 2017 yilgi teraktda aybdor deb topdi.
2010 yilda grin-karta yutish orqali AQShga ketish baxtiga muyassar bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi, 2017 yilda Janubiy Manhetten tumanida odamlar ustiga mashinani haydagan. So‘ngra mashinadar tushib "Allohu Akbar" deya baqirgancha qo‘lidagi qurollardan pala-partish tarzda atrofdagilarga o‘q uzgan. Natijada 8 kishi halok bo‘lib ko‘plab odamlar jarohat olgan. Endilikda ushbu terrorchi o‘limga hukm qilinishi mumkin.