Bugun 5 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

AQShdagi shatdaun sababli mamlakatda aviareyslarning 10 foizi bekor qilinadi — Reuters

AQShdagi shatdaun sababli mamlakatda aviareyslarning 10 foizi bekor qilinadi — Reuters

Agentlik xabariga ko‘ra, AQSh transport vaziri Shon Daffi hukumatdagi shtatdaun tufayli mamlakatdagi 40 ta yirik aeroportdan amalga oshiriladigan parvozlar sonini 10 foizga qisqartirish haqida farmoyish bergan. Daffining aytishicha, bu qaror xavfsizlik talablari bilan bog‘liq.

Shtatdaun sababli Qo‘shma Shtatlarda 13 ming nafar dispetcher va 50 mingga yaqin Transport xavfsizligi boshqarmasi xodimlari maosh olmasdan ishlamoqda. Shu bois ularning ko‘pchiligi qo‘shimcha daromad manbai izlashga majbur bo‘lib, ishini tark etmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, dispetcherlar yetishmovchiligi tufayli shtatdaun boshlanganidan buyon o‘n minglab reyslar kechiktirilgan, bu esa qariyb 3,2 million yo‘lovchiga ta’sir ko‘rsatgan.

Kiritildi: 16:28 06.11.2025. O'qildi: 544 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!