Bugun 28 fevral, 2025 yil, juma

КИР

AQShdagi mingga yaqin o‘zbekistonlik deportasiya qilinish xavfi ostida

AQShdagi mingga yaqin o‘zbekistonlik deportasiya qilinish xavfi ostida

AQSh Immigrasiya va bojxona nazorati (ICE) ma’lumotlariga ko‘ra, 1,4 mln nafar xorijlik fuqaro AQSh hududidan chiqarib yuboriladi. Ular orasida 975 nafar O‘zbekiston fuqarosi ham bor va bu yakuniy raqamlar emas. Chunki mamlakatdagi immigrasiya hibsxonalarida noqonuniy muhojirlar topilishi mumkin.

Qo‘shma Shtatlardan chiqarib yuborilishi aytilayotgan noqonuniy muhojirlarning eng ko‘pi Gondurasdan – 261 651 nafar.

Shuningdek, Gvatemala (253 413), Meksika (252 044) va Salvador (203 822) fuqarolari ham ko‘pchilikni tashkil qiladi. Ro‘yxatga Xitoy (37 908), Gaiti (32 363), Venesuela (22 749), Eron (2 618), O‘zbekiston (975) va Pokiston (776) fuqarolari ham kiritilgan.

Ayrim manbalarga ko‘ra, AQShdagi deportasiya qarorini kutayotgan yoki deportasiya qarorini olgan noqonuniy muhojirlarning umumiy soni 7 million kishidan oshadi.

Qo‘shma Shtatlarda deportasiya qilingan muhojirlar soni 2021 yildan buyon eng tez o‘sdi: 3,7 milliondan 2023 yilda 7 million nafarga yetdi.

ICE deportasiya ishlarini zudlik bilan amalga oshirishga to‘sqinlik qilayotgan ayrim sabablarni ham ma’lum qilgan. Jumladan, ko‘rib chiqilayotgan apellyasiyalar, qochqin maqomi kabi qo‘shimcha himoya shakllarini olgan muhojirlar yoki shu kabi boshqa sabablar. Bundan tashqari, Xitoy, Rossiya, Eron va Kuba kabi 15 davlat deportasiya qilingan fuqarolarni qabul qilishdan rasman bosh tortgan. Yana 11 davlat, jumladan Iroq va Vyetnam bu kabi talablarni bajarishni «istamaydi» deb hisoblanmoqda.

Oq uyga qaytgan Donald Tramp immigrasiya siyosatini kuchaytirish bo‘yicha keng ko‘lamli choralarni e’lon qildi. O‘zining birinchi kunida u immigrasiyani cheklovchi farmoyishlarni imzoladi, Meksika bilan chegarada favqulodda holat e’lon qildi va Qo‘shma Shtatlarda tug‘ilgan bolalar uchun avtomatik fuqarolikni tugatish rejalarini e’lon qildi.

Kiritildi: 12:42 31.01.2025. O'qildi: 1195 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!