Bugun 18 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

AQShdagi Kapitoliy binosiga Chak Norris ham hujum qilganmidi?

A A A
AQShdagi Kapitoliy binosiga Chak Norris ham hujum qilganmidi?

Amerikalik aktyor Chak Norris 6 yanvar kuni Vashingtondagi Kapitoliy binosi oldidagi namoyishlarda qatnashgani to‘g‘risida ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘lgan ayblovlarni rad etdi. Bu haqda u o‘zining tvitterida yozgan.

«Yaqinda Vashingtondagi Kapitoliydagi tartibsizliklar paytida Chak Norris qiyofasi borligini bildim. Bu men emas, men u yerda bo‘lmaganman», deb yozgan aktyor. Norris Amerika jamiyatida "har qanday turdagi zo‘ravonlikka o‘rin yo‘q" degan fikrni bildirdi. U har doim qonun va tartibni himoya qilgan va bundan keyin ham himoya qilishini qo‘shimcha qildi.

Avvalroq Chak Norris AQShning amaldagi prezidenti Donald Trampni qo‘llab-quvvatlovchi mitingga chiqqanlikda gumon qilingandi. Go‘yo aktyor aks etgan fotosurat dastlab Kapitoliyga hujum qilganlaridan biri Mett Bledso tomonidan chop etilgan va keyinchalik rasm ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘lgan.

Kiritildi: 11:44 13.01.2021. O'qildi: 4210 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!