Bugun 21 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

AQShda yuk poyezdi 5 nafar piyodani urib yubordi, 2 kishi halok bo‘ldi

AQShda yuk poyezdi 5 nafar piyodani urib yubordi, 2 kishi halok bo‘ldi

AQSh shimolidagi Ogayo shtatida yuk poyezdining bir guruh piyodalar bilan to‘qnashib ketishi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi.

WTOL-TV telekanali ma’lumotlariga ko‘ra, fojia kechki payt Fremont shahridagi Maylz Nyuton ko‘prigida sodir bo‘lgan. Yuk poyezdi relsda bo‘lgan besh kishini bosib o‘tgan.

Fremont polisiya departamenti bayonotida, hodisada besh piyoda ishtirok etgani tasdiqlandi. Voqea haqida signal olgach, voqea joyiga favqulodda xizmatlar jo‘natilgan va ko‘prik harakatlanish uchun yopilgan.

Fremont meri Denni Sanches ikki ayolning o‘limini tasdiqladi. Sandraski okrugi sherifi Kris Xiltonning aytishicha, 14 oylik chaqaloq yaralanib, shifoxonaga olib ketilgan, 5 yoshli bola esa bedarak yo‘qolgan.

Voqea sodir bo‘lgan ko‘prik ostidan oqib o‘tuvchi daryo bo‘ylab qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilmoqda.

Poyezdga egalik qiluvchi Norfolk Southern Railway kompaniyasi o‘z bayonotida hamdardlik bildirdi.

Kiritildi: 15:39 19.05.2025. O'qildi: 499 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!