AQShda dizel yoqilg‘isi narxi bir gallon uchun 5 dollardan oshib, so‘nggi yillardagi eng yuqori darajaga yetdi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, narxlar fevral boshidan buyon 30 foizdan ortiqqa oshgan.
Aviasiya yoqilg‘isi bozorida ham keskin o‘sish kuzatilmoqda. Bir necha hafta ichida narxlar qariyb ikki baravarga oshib, aviakompaniyalar chiptalar qimmatlashishi mumkinligini bildirmoqda.
Mutaxassislar bu holatni Fors ko‘rfazidan neft yetkazib berishdagi uzilishlar va Ormuz bo‘g‘ozidagi vaziyat bilan bog‘lamoqda. Bo‘g‘oz orqali jahon neftining katta qismi o‘tadi.
Shu bilan birga, Qatardan suyultirilgan gaz eksportining to‘xtashi Yevropa va Osiyoda gaz narxlarining keskin oshishiga olib keldi.
Tahlilchilar fikricha, yoqilg‘i narxlarining o‘sishi global logistikaga ta’sir qilib, oziq-ovqat va kundalik tovarlar qimmatlashishiga sabab bo‘lishi mumkin.