Payshanba kuni ertalab Oklaxoma shtatida AQShning 2024 yildagi oxirgi qatl jazosi amalga oshirildi.
“NBC News” telekanali xabarida aytilishicha, bu gal 2006 yil 10 yoshli qizni o‘ldirishda ayblangan oziq-ovqat do‘koni sobiq xodimiga nisbatan o‘qilgan hukm ijro etildi.
45 yoshli erkak o‘zi tug‘ilgan kunda inson hayotiga nuqta qo‘yadigan in’eksiya yordamida narigi dunyoga ravona qilingan. Oklaxomaning avf etish va shartli ravishda ozodlikdan mahrum qilish kengashi avvalroq jinoyatchining kechirim so‘rovini rad etgan edi.