Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

AQShda uyni qo‘riqlash uchun avtonom robot yaratildi

AQShda uyni qo‘riqlash uchun avtonom robot yaratildi

Amerikaning «Westland Real Estate Group» kompaniyasi uy atrofini qo‘riqlaydigan avtonom robotni taqdim etdi, deb xabar bermoqda Las-Vegasning «KTNV» telekanali.

Ma’lumotlarga ko‘ra, robot, asosan, Las-Vegas tumanlaridan biridagi kvartiralarda yashovchi aholi xavfsizligini ta’minlash uchun ishlatiladi.

Ta’kidlanishicha, robot patrul xizmatidan tashqari yana bir qancha funksiyalarga ega. Hududda favqulodda vaziyat yuzaga kelganda, aholi robotdagi maxsus tugma orqali kerakli organga xabar berishi mumkin.

Kiritildi: 22:29 04.03.2021. O'qildi: 1511 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!