Bugun 24 may, 2025 yil, shanba

КИР

AQShda o‘limga olib keladigan infeksiya bilan kasallanishning keskin o‘sishi qayd etildi

A A A
AQShda o‘limga olib keladigan infeksiya bilan kasallanishning keskin o‘sishi qayd etildi

Candida auris qo‘ziqorini keltirib chiqaradigan kam uchraydigan va ba’zan o‘limga olib keladigan qo‘ziqorin kasalligi Amerika Qo‘shma Shtatlari bo‘ylab keng tarqalmoqda. Bu haqda Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazlari (CDC) xabar tarqatdi.

Sog‘liqni saqlash rasmiylarining ta’kidlashicha, mamlakatda kasallanish holatlari keskin o‘sgan. Hozirda kasallik shtatlarning yarmida kuzatilmoqda.

CDC rasmiylariga ko‘ra, koronavirus pandemiyasi qo‘ziqorin tarqalishini kuchaytirdi, chunki COVID-19 virusiga e’tiborning kuchayishi Candida aurisni aniqlashga kamroq e’tibor qaratishini anglatadi.

Ta’kidlanishicha, qo‘ziqorin birinchi navbatda keksalar va immuniteti zaif odamlarga ta’sir qiladi. Qo‘ziqorin odatda yoshlar uchun xavf tug‘dirmaydi.


Kiritildi: 13:02 21.03.2023. O'qildi: 1710 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!