Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

AQShda Trampning siyosati ish bermayapti

A A A
AQShda Trampning siyosati ish bermayapti

May oyida AQSh chegarasini noqonuniy ravishda kesib o‘tmoqchi bo‘lganlar soni o‘tgan oyga nisbatan 2 mingga ko‘paydi. Bu haqda "Kun" nashri xabar bermoqda.

Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, may oyida taxminan 40 400 kishi chegaradan noqonuniy o‘tib ketishga uringan. Bu aprel oyidagi ko‘rsatkichdan 2 mingga ko‘proq, o‘shanda AQSh chegarasidan 38 234 noqonuniy migrant o‘tishga harakat qilgan. Agarda AQShga chegara punktlari orqali o‘tib olishga uringan migrantlar soni ham hisobga olinsa, unda ularning soni taxminan 50 mingga chiqadi. Ta’kidlanishicha, bu ko‘rsatkich qatorasiga uch oydan beri shunday darajada turibdi.

Migrantlarga yordam beruvchi Amerika advokatlar uyushmasi prezidenti Devid Leopoldning telekanalga ma’lum qilishicha, bunday ma’lumotlar AQSh prezidenti Donald Trampning migrantlarga nisbatan qat’iy siyosati samarasiz ekanidan dalolat beradi.

Kiritildi: 07:45 07.06.2018. O'qildi: 1867 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!