Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

AQShda qurol-yarog‘ sotib olish darajasi oshdi

AQShda qurol-yarog‘ sotib olish darajasi oshdi

AQShda 2020 yilda 2019 yilga nisbatan 60 foiz ko‘proq qurol sotilgan, deb xabar berdi “Business Insider”.

Ta’kidlanishicha, yil davomida 21 million dona o‘qotar qurol sotilgan.

Nashrning ma’lum qilishicha, “qiziqish”ning bunday o‘sishiga koronavirus, shuningdek, AQShda so‘nggi paytlarda “Black Lives Matter”  harakati bilan bog‘liq norozilik namoyishlari hamda prezidentlik saylovlari ta’sir ko‘rsatgan.

"Noaniqlik va hayajon to‘lqinlari o‘qotar qurolga bo‘lgan talabni kuchaytirmoqda", deydi “Small Arms Analytics and Forecasting” bosh iqtisodchisi Yurgen Braue.

Mutaxassislarning fikricha pandemiya boshlangan mart oyidan yozgacha AQSh qurol do‘konlarida sezilarli darajada yetishmovchilik yuzaga kelgan.

Kiritildi: 22:15 16.01.2021. O'qildi: 2765 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!