Bugun 9 yanvar, 2025 yil, payshanba

КИР

AQShda parranda grippidan ilk o‘lim qayd etildi

AQShda parranda grippidan ilk o‘lim qayd etildi

AQShda H5N1 parranda grippidan ilk o‘lim qayd etildi. Bu haqda Luiziana shtati Sog‘liqni saqlash departamentiga tayanib, CNN xabar berdi.

Vafot etgan shaxs 65 yoshda bo‘lgan, uning yondosh kasalliklari ham bor edi.

Bemor hovlida uy parrandalari va yovvoyi qushlar bilan aloqada bo‘lganidan so‘ng gripp bilan kasalxonaga yotqizilgan, deyiladi xabarda.

Luizianalik erkak parranda grippining D1.1 shtammi bilan kasallangan. Bu shtamm sut beruvchi hayvonlar orasida aylanayotgan variantdan farqlanadi

O‘zingizni va oilangizni H5N1 dan himoya qilishning eng yaxshi usuli — virus manbalaridan saqlanish, ya’ni parranda grippi bilan kasallangan yoki kasallanishi mumkin bo‘lgan yovvoyi qushlar hamda boshqa hayvonlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri kontaktdan qochishdir, deydi Luiziana sog‘liqni saqlash departamenti.

Kiritildi: 17:42 07.01.2025. O'qildi: 641 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!