Bugun 30 may, 2025 yil, juma

КИР

AQShda Metallica konserti tashrif buyuruvchilarning sakrashlari tufayli zilzila keltirib chiqardi

AQShda Metallica konserti tashrif buyuruvchilarning sakrashlari tufayli zilzila keltirib chiqardi

Amerikaning Metallica rok-guruhining Bleksberg shahrida (Virjiniya shtati, AQSh) bo‘lib o‘tgan konserti zilzilaga sabab bo‘ldi.

Bu haqda Fox xabar bermoqda.

Metallica mahalliy futbol stadionida chiqish qildi. Enter Sandman qo‘shig‘ining intro ijrosi paytida konsertga tashrif buyurgan 60 ming kishi faol ravishda sakray boshladi, bu esa zilzilaga sabab bo‘ldi.

Buni Virginia Tech seysmologik observatoriyasi (VTSO) tasdiqladi - yerosti silkinishlarining eng yuqori cho‘qqisi Enter Sandman ijrosi boshlangan vaqtga to‘g‘ri keldi.

VTSO direktori Martin Chapmenning qo‘shimcha qilishicha, zilzilalarni stadiondan taxminan bir yarim kilometr uzoqlikda joylashgan seysmograf qayd etgan.

Kiritildi: 16:44 10.05.2025. O'qildi: 638 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!