Bugun 22 noyabr, 2024 yil, juma

КИР

AQShda McDonald's 90 kishini zaharladi

AQShda McDonald's  90 kishini zaharladi

AQSh Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi (CDC) mamlakatning 13 shtatida McDonald's “Quarter Pounder” gamburgerida topilgan koli bakteriyalari bilan bog‘liq yangilangan ma’lumotlarni e’lon qildi.

Bayonotda ushbu bakteriya tufayli kasallanganlar soni 90 nafarga yetgani, 27 kishi kasalxonaga yotqizilgani qayd etildi.

AQSh oziq-ovqat va farmasevtika idorasi (FDA) e’lon qilgan bayonotda McDonald's “Quarter Pounder” gamburgerlarida ishlatiladigan to‘g‘ralgan piyoz ushbu bakteriyalarni keltirib chiqarishi mumkinligi ta’kidlangan.

Bayonotda zarar ko‘rgan shtatlardagi restoranlarda ushbu mahsulotdan foydalanish to‘xtatilgani aytilgan.

CDC 23 oktyabr kuni E.Coli bilan kasallangan 49 kishidan biri vafot etganini e’lon qildi. McDonald's ba’zi shtatlarda ushbu gamburgerlarni sotish va shubhali ingrediyentlardan foydalanishni to‘xtatganini bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, McDonald's G‘azoda qatliom uyushtirayotgan Isroil askarlariga bepul yeguliklar tarqatgani ortidan global miqyosda boykotga uchragan edi. Tarmoq ayniqsa Yaqin Sharq va ko‘plab musulmon mamlakatlarda milliardlab dollar zarar ko‘rdi.

Kiritildi: 20:36 02.11.2024. O'qildi: 790 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!